Navoiyni “Qush tili” asari institut talabalari ijrosida
Menu Close Menu

Navoiyni “Qush tili” asari institut talabalari ijrosida

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 1-yunalishini hayotga tadbiq etish hamda she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludini 580 yilligini keng nishonlash va mutafakkirning ijodiy asarlarini talaba-yoshlar o‘rtasida targ’ib qilish maqsadida, joriy yilning 8 fevral kuni Samarqand viloyat musiqali drama teatrining katta sahnasida institut talabalari tomonidan “Lison ut-tayr” asari asosida “Qush tili” spektakli namoyish etildi. Teatrga keng jamoatchilik vakllari, institut professor- o’qituvchilari va talaba yoshlar tashrif buyurishdi.

  Spektaklda bosh rollarini institut talabalari ijro etib barkamollik va xayot mazmuni kabi g‘oyalar mujassam etilgan Navoiyni “Qush tili” abadiy asarini mahorat bilan ijro etdilar.

  Institut rektori professor Jasur Alimjanovich Rizayev barcha talabalarga iste’dod va mahorat uchun minnatdorilik bildirib yangi-yangi ijodiy omadlar tiladi. Talabalar tomonidan mohirona ijro etilgan spektakl barchada katta taa’surot qoldirdi va talabalar minnatdor tomoshabinlar tomonidan uzoq olqishlarga sazovor bo‘ldilar.