​Ilmiy ishlarni rasmiylashtirish to‘garagi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Menu Close Menu

​Ilmiy ishlarni rasmiylashtirish to‘garagi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot institutida faoliyat ko‘rsatayotgan “Ilmiy maqolalarni yozish va chop etish” talabalar ilmiy to‘garagini a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  Uchrashuvda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor t.f.d. Sh.X. Ziyadullaev uslubiy to‘garak a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazib ularni fikr va mulohazalarini eshitdi. Talabalar to‘garak faoliyatiga yuksak baholar berib ilmiy ishlarni yozish, rasmiylashtirish qoyidalari bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar va ko‘nikmalar olganliklarini ta’kidladilar hamda institut rahbariyatiga chuqur minnatdorchiklarini bildirdilar. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i U.F. Payzullaeva ham chiqish qilib kelgusi rejalar haqida gapirib berdi. Talabalar uchun yangi “Ilmiy maqolalarni tahlil qilish” nomli to‘garakni ochilishini elon qilinishi ishtirokchilar tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi.

  Talabalar bilan uchrashuvni yakunida “ Ilmiy maqolalarni yozish va chop etish qoidalari” 17 soatlik kursini to‘laqonli o‘zlashtirganligi to‘g‘risida tegishli sertifikatlar to‘garakda faol qatnashgan talabalarga tantanali ravishda taqdim qilindi.


SamDTI matbuot xizmati