Menu Close Menu

​Institut TTJda yashayotgan talabalar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot instituti rektorini topshirig‘i bo‘yicha, mamlakatimizda bayram kunlari e’lon qilingan dam olish vaqtida, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi jismoniy madaniyat va sport kafedrasi bilan hamkorlikda talabalar turar joyida yashayotgan talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ular o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

  An’anaviy futbol va voleybol sport turlaridan tashqari, xalqaro ta'lim fakulteti chet ellik talabalari o'rtasida 2-son talabalar turar joyida “Arm wrestling” sport musobaqasi, 15-may kuni “Lokomotiv” stadionida esa chet ellik talabalar o'rtasida "Kriket" sport o'yini musoboqasi o'tkaziladi. Institut talabalarini sportga jalb qilish ishlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.



SamDTI matbuot xizmati