Menu Close Menu

​Samarqand tibbiyot instituti oʻqituvchilari Amerikaning Pittsburg Universitetida malaka oshiradilar

  Samarqand davlat tibbiyot institutida jahonning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda.

  2020-yilda oʻtkazilgan onlayn-konferensiyada AQSHning nufuzli universitetlaridan hisoblanuvchi Pittsburg universiteti va SamDTI oʻrtasida hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

  Shu kelishuv doirasida Pittsburg universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot institutida boʻlishdi. Nufuzli universitet delegatsiyasi tarkibida oʻquv ishlari va xalqaro faoliyat boʻyicha vitse-kansler epidemiologiya yoʻnalishi boʻyicha yetakchi professor – MargaretMak Donald, tibbiyot maktabining xalqaro tibbiy taʼlim dasturlari direktori, ichki kasalliklar boʻyicha professor – Maykl Yelniki va oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, mikrobiologiya yoʻnalishi boʻyicha olim — Salim Xon tashrif buyurishdi.

  Tashrif avvalida Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati bilan rasmiy muzokaralar oʻtkazildi.

  Samimiy kechgan muloqot davomida, professor Jasur Rizayev soʻnggi vaqtlarda yurtimizda olib borilayotgan oliy tibbiy taʼlimdagi islohotlar, bevosita davlat rahbari boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari va muhimligi haqida soʻzlab berildi. Kelajakda Samarqand tibbiyot instituti oʻqituvchilari Amerikaning Pittsburg Universitetida malaka oshiradilar. Pittsburg Universiteti bilan hamkorlik doirasida institutdagi oʻquv jarayonini, ilmiy tadqiqotlar olib borilishini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish yuzasidan fikrlar bildirdi. Bu borada aniq takliflar va tajriba almashish haqida kelishib olindi. Mazkur tashrifning dastlabki kunida Samarqand davlat tibbiyot instituti va Pittsburg universiteti oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

  Maʼlumot uchun, 1787-yilda tashkil etilgan Pittsburg universiteti 17 ta kollej va maktabdan iborat boʻlib, unda 35 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda. Pittsburg universitetining tibbiyot fakulteti nafaqat AQSHning balki jahonning yuqori reytingli tibbiyot universitetlari qatorida sanaladi.

  Delegatsiya aʼzolari institutning Akusherlik va ginekologiya, xirurgiya va neyroxirurgiya kafedralarida olib borilayotgan oʻquv jarayoni, ilmiy va davolash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

  Delegatsiya rahbari, professor MargaretMak Donald tashrif taassurotlari haqida fikrlarini quyidagicha izhor etdi:

  Samarqand davlat tibbiyot institutida olib borilayotgan oʻquv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va davolash ishlari bilan tanishish davomida bu oliygohda olib borilayotgan islohotlarning kelajagi haqida ijobiy fikrlar aytish mumkin. Pittsburg Universitetidagi zamonaviy tibbiy taʼlim jarayonidagi va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi koʻpgina yutuqlarni Samarqand davlat tibbiyot instituti amaliyotiga joriy etish boʻyicha bugungi uchrashuvda kelishuvga erishdik. Jumladan, oʻquv jarayoniga simulyatsion texnologiyalarni, laboratoriyalar ishini toʻgʻri tashkil etishni, oʻquv uslubiyatidagi yutuqlarni tatbiq qilishni rejalashtiryapmiz va bu borada istiqbolli rejalar tuzildi.


SamDTI Matbuot xizmati