Menu Close Menu

​SamDTI bitiruvchilarini birinchi Xalqaro forumi oʻtkazildi

  22-may kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti bitiruvchilarini birinchi Xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Tadbirda rektorat aʼzolari, maʼmuriyat vakillari, kafedra mudirlari, faxriy professor-oʻqituvchilar, institut turli yillar bitiruvchilari ishtirok etdilar. Forumda ishtirokchilarni onlayn-masofaviy tarzda va bevosita ishtiroki taʼminlandi.

  Uchrashuvni tantanali ochilishida institut rektori, professor Jasur Rizayev nutq soʻzlab SamDTIni shonli tarixi, minglab chiqarilgan yuqori malakali mutaxassislarni ichida taniqli tashkilotchilar, akademiklar va fan arboblari, davlat va jamoat arboblari borligini taʼkidladi. Shuningdek, institut rahbari, kun tartibidagi dolzarb masalalar, erishilgan yutuqlar bilan birgalikda institut jamoasi oldida turgan vazifalar, institut nufuzi va xalqaro reytingini yanada yaxshilash boʻyicha qilinayotgan xatti — harakatlarni gapirib berdi.

  Soʻngra, institutni bir guruh bitiruvchilari, shu jumladan SamDTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor t.f.d. Sh.X. Ziyadullayev (2000-y. bitiruvchisi), ayollar jamoat kengashini raisi, t.f.n. S.X. Zoxidova (1987-y. bitiruvchisi), viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻini birinchi oʻrinbosari, t.f.n. S.S. Zayniyev (2003-y. bitiruvchisi), SamDTI VMOF akusherlik va ginekologiya kafedrasini mudiri, t.f.n., dotsent L.R. Agababyan (1979-y. bitiruvchisi), oʻquv boʻlimi boshligʻi, dotsent L.M. Garifulina (2001-y. bitiruvchisi), 1-son otorinolaringologiya kafedrasini assistenti Yu.N. Isakova (2011-y. bitiruvchisi) va boshqalar chiqishlar qilib, institutda oʻqigan paytlarini, oʻzlarini ustoz va murabbiylarini esladilar, tibbiyot fani vakillari boʻlishlariga yaratilgan shart-sharoitlarga shukronalar aytib institut rahbariyatiga yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydigan dargoh salohiyatini yana-da koʻtarish boʻyicha qilinayotgan sayi — harakatlar uchun minnatdorchiliklar bildirdilar.

  Forumda pedagog-ustozlarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Institutni bitiruvchilar bilan munosabatlari yangi sahifasini ochgan uchrashuvni yakunida esa bayram konsert dasturi namoyish qilindi.


SamDTI matbuot xizmati