Menu Close Menu

​SamDTI talabasi “MDHning eng yaxshi yosh olimi - 2021” tanlovini g‘olibi


  Samarqand davlat tibbiyot institutini 2 - kurs talabasi Asliddin Akbarov Qozogʻistonning Nur-sulton shahrida oʻtkazilgan “MDHning eng yaxshi yosh olimi - 2021” Xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib 14 mamlakat ichidan “tibbiyot” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tanlov natijalariga koʻra Asliddin Akbarovning ilmiy ishlari va qoʻlga kiritgan xakamlar tomonidan yuqori baholanib 1-oʻringa munosib deb topildi va g‘olib “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” yozuvi tushirilgan koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

  Hozirga qadar A.Akbarovni 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublika va xalqaro konferensiyalar to‘plamlaridan o‘rin olgan, yosh izlanuvchi respublika Yosh olimlar kengashini aʼzosi ham.

  Iqtidorli talabamiz Akbarov Asliddinning ushbu yutugʻi bilan tabriklaymiz va yangi yutuqlar tilaymiz!


SamDTI matbuot xizmati