×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​SamDTI akademik litseyi tomonidan Pastdarg’om tumani ixtisoslashgan maktabida “Rektor olimpiadasi” o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti akademik litseyi ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qaroriga asosan tabiiy fanlar yo’nalishi bo’yicha Pastdarg’om tumanidagi 2-IDUM 9-sinf bitiruvchilari o’rtasida “Rektor olimpiadasi” o‘tkazildi.

  O‘quvchilar kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini topshirdilar, javob varaqalari hay’at a’zolari tomonidan xolisona baholandi. Olimpiada natijalari e’lon qilingandan so‘ng eng yuqori ko’rsatkichni egallagan 9 nafar o’quvchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.


SamDTI matbuot markazi