Menu Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot instituti Moskva ilmiy-tekshirish klinik instituti bilan hamkorlik qiladi

  2-6 iyun kunlari Moskva ilmiy-tekshirish klinik institutining (MONIKI) rasmiy delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a'zolari bilan kengaytirilgan muzokaralar olib borildi.

  SamDTI rektori J.Rizayev va MONIKI rahbari K.Sobolev boshchiligidagi guruh a'zolari munosabatlarning yuqori bosqichga ko‘tarilganini e'tirof etishdi. Institutdagi sharoitlar bilan tanishish davomida, delegatsiya a'zolari yurtimizda ta'lim jarayonlariga berilayotgan e'tiborni yuqori baholashdi.

  Rossiyaning mazkur ilmiy-tekshirish instituti shifokorlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlari o‘tkazish, ilg‘or innovatsion davolash-tashxislash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha 175 yillik tajribaga ega markaz hisoblanadi.

Hamkor oliygohlar yuqori malakali tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta'lim bilan to‘liq qamrab olishni ta'minlashni tashkil etish, ta'lim jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasida rivojlantirish va ularning global ilmiy maydonga integratsiya qilishni rejalashtirdilar.

  Muzokaralardan soʻng konsert dasturi namoyish qilindi. Institut mehmonlari iqtidorli talabalarning kuy-qoʻshiqlari hamda milliy raqs namunalaridan bahramand boʻldilar.

SamaDTI Matbuot xizmati