×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

SamDTIda “Viloyat hokimi fan olipiadasi” bo‘lib o‘tdi

  Samarqand davlat tibbiyot institutida “Yoshlar festivali — 2021” doirasida umumtaʼlim maktablari 10 va 11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida kimyo hamda rus tili va adabiyoti fanidan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” boʻlib oʻtdi.

  Ishtirokchilar SamDTI 1-son klinikasida tantanavor kutib olindi. Fanlar boʻyicha olimpiada karantin talablari asosida barcha qulayliklar yaratilgan auditoriyalarda oʻtkazildi. Samarqand viloyati umumtaʼlim maktablaridan kimyo fanidan 128 nafar, rus tili fanidan 120 nafar bitiruvchilar oʻz bilimlarini sinadilar. Test topshiriqlari uchun kimyo fanidan 120 daqiqa, rus tilidan esa 80 daqiqa vaqt berildi.

  Tanlov yakuni boʻyicha kimyo fanidan 10 sinflar oʻrtasida 1-oʻringa S.Xusanova, Samarqand shahar 29-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi; 2-oʻringa V. Abduraimova, Payariq tuman 14-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi; 3-oʻringa N.Doʻstova, Bulungʻur tuman 46-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi loyiq deb topildi.

  Kimyo fanidan 11 sinflar oʻrtasida 1-oʻringa S.Boʻltakova, Samarqand shahar 29-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi; 2-oʻringa F.Ergasheva, Nurobod tuman 10-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi; 3-oʻringa D.Shukurov, Qoʻshrabod tuman 13-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi gʻolib deb topildi.

  Olimpiadani “Rus tili va adabiyoti” yoʻnalishi boʻyicha 10-sinflar oʻrtasida 1-oʻringa E.Elmuradova, Pastdargʻom tuman 55-umum taʼlim maktab oʻquvchisi; 2-oʻringa L.Podshivalova, Kattaqoʻrgʻon shahar 6-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi;3-oʻringa F.Yunusova, Samarqand shahar 1-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi; 11-sinflar oʻrtasida esa 1-oʻringa D.Mamatqulova, Samarqand shahar 51-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi; 2-oʻringa M.Bayonova, Samarqand tuman 10-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi; 3-oʻringa N.Xayritdinova, Samarqand shahar 40-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi loyiq deb topilib gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

  Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga institut rektori prof. J.A. Rizaev tomonidan tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

  “Viloyat hokimi fan olimpiadasi”dan soʻng barcha ishtirokchilar va ularning ustozlariga bayram dasturxoni tortildi.



SamDTI matbuot xizmati