×
Menu Close Menu

​SamDTIda “Yoshlar festivali — 2021”

  2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanib, shu asosda davlat dasturi qabul qilingan. Prezidentimiz raisligida joriy yilning 13 aprel kuni yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimiz ertasi boʻlgan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga eʼtibor qaratilib, turli festival va musobaqalar oʻtkazib, yoshlarni sport, madaniyat va sanʼatga qiziqtirish, nufuzli xalqaro tanlovlarga olib chiqish izchil davom ettirilishi lozimligi alohida qayd etilgan edi. Shu masalalarni ijrosi boʻyicha Samarqand viloyatida “Yoshlar festivali — 2021” keng miqyosidagi tadbirlari oʻtkazildi. Festival oʻtkazishda viloyatning barcha oliy oʻquv yurtlari qatorida Samarqand davlat tibbiyot institutida ham faol ishtirok etdi.

  “Yoshlar festivali-2021” doirasida oʻtkazilgan 10 dan ziyod sport turlari boʻyicha yengil atletika, stol tennisi, badminton, basketbol, futbol, voleybol, suzish, shaxmat va shashka, armrestling va qoʻl toʻpi musobaqalarida bir guruh sportchi talabalarimiz qatnashib sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Shu jumladan, yengil atletika 60 metr masofaga yugurish boʻyicha davolash fakulteti 1-kurs talabasi Omonov Suxrob 1-oʻrinni, stol tennisi boʻyicha farmatsiya fakulteti 1-kurs talabasi MamarajabovShaxboz, pediatriya fakulteti 1-kurs talabasi Bozorova Shoxsanam 2-oʻrinni, shaxmat boʻyicha davolash fakulteti 5-kurs talabasi RaximovInoyatullo 3-oʻrinni, shashka boʻyicha davolash fakulteti 3-kurs talabasi Abdulxayeva Zamira 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Institutda armrestling sport turi boʻyicha oʻtkazilgan sport musobaqalarida 60 kgvazin toifasida 2-oʻrinni tibbiy pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi Samiev Bobir, 3-oʻrinni davolash fakulteti 3-kurs talabasi Rashidov Fayod, 70 kgvazin toifasida 2-oʻrinni stomatologiya fakulteti 2-kurs talabasi MadatovSuxrob egalladilar. Oʻtkazilgan sport oʻyinlarida xalqaro taʼlim fakultetini xorijlik talabalari xam faol ishtirok etdilar, jumladan talabalar DipanshuBediSaba va SabaNaeem badminton boʻyicha 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar.

  “Yoshlar festivali-2021” doirasida Oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari oʻrtasida “Estrada va mumtoz qoʻshiq ijrochilari” tanlovini “Estrada sanʼati ijrochiligi” yoʻnalishida 1-oʻrin Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi Mirzayev Shukrilloga nasib qildi. Shuningdek,
festival doirasida oʻtkazilgan teatr sahna ijodi yoʻnalishida ham institutimiz qoshida tashkil etilgan “Ibn Sino izdoshlari” teatr jamoasi ishtirok etib eng yuqori ball bilan “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

  Institutimiz yangi binosida gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkazilib, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va rektorimiz Jasur Rizaev gʻoliblar va faol ishtirok etgan talaba-yoshlarni esdalik sovgʻalar, “Faxriy yorliq”, “Tashakkurnoma” va “Diplom”lar bilan mukofotladilar.

SamDTI matbuot xizmati