×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Magistratura bitiruvchilari Yakuniy Davlat attestatsiyasini topshirmoqda

  Joriy 2020-2021 o‘quv yilida Samarqand davlat tibbiyot instituti magistraturasini 29 yo‘nalish bo‘yicha 117 nafar bitiruvchi yakunlamoqda.

  Mutaxassislik fanlari bo‘yicha Yakuniy Davlat attestatsiyasi birinchi bosqichini bitiruvchilar 6 iyun kuni DAK raisi – t.f.d., TDSI yuz-jag‘ xirurgiyasi kafedrasi dotsenti A.A. Yuldashev raisligida muvaffaqiyatli topshirdilar.

  15 iyun kuni YaDAni ikkinchi bosqichi “O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanidan yozma-og‘zaki imtihon sifatida DAK raisi – SamDU psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti dekani, f.f.d. Sh.Sh. Negmatova raisligida bo‘lib o‘tdi.

  DAK raislari institut magistratura bitiruvchilarini yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rganligini ta’kidladilar va ularga YaDAni muvaffaqiyatli topshirishlari hamda bulajak kasbiy faoliyatlariga omadlar tiladilar.



SamDTI matbuot xizmati