×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Yoshlar festivali viloyat tumanlarida

  “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Yoshlar festivali-2021” doirasida Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan viloyatni bir qator tumanlarida tadbirlar uyushtirildi.

  Ishtixon tumani madaniyat va istirohat bogʻida faol yoshlar, harbiylar, uyushmagan yoshlar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Shuhrat Negmatov, SamDTI yoshlar bilan ishlash prorektori Eldor Tangirovlar yoshlarni festival bilan qutlab, ularni faol va tashabbuskor boʻlishga, jahon maydonida yurtimiz bayrogʻini baland koʻtargan yurtdoshimiz tuman yoshlari Nigina Oʻktamova va MoxinurRuzievalar singari yuksak marralarga erishishga chaqirdilar. Uchrashuvda tuman madaniyat boʻlimi, SamDTIning faol va iqtidorli talabalari va tashrif buyurgan xonandalar ijrosidagi kuy va qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi. Festival doirasida institutni yuz-jagʻ jarrohligi kafedrasi xodimlari tomonidan Ishtixon tumani Metan shaharchasidagi 9-son MTM bolalar bogʻchasida 180 nafar tarbiyalanuvchilari tibbiy koʻrikdan ham oʻtkazildi.

  Shu kabir tadbirlar va uchrashuvlar viloyatni Kattaqoʻrgʻon tumanida ham oʻtkazildi, konsert dasturi tashkil etildi va 2-son stomatologiya kafedrasi xodimlari tomonidan tumanni 17-sonli MTI bolalar bogʻchasida 120 nafar bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.



SamDTI matbuot xizmati