×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Institut yoshlarini Media-markazi o‘z ishini boshlaydi

  19 – iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini rektori Jasur Rizaevni blogerlik sohasiga qiziquvchi institut talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuvda turli ijtimoiy tarmoqlarda faol, oʻzlarini bloglariga ega talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuv norasmiy samimiy tarzda oʻtkazilib unda institutimizda bo‘layotgan jarayonlarni oʻz vaqtida xolisona yoritish, tezkor maʼlumot almashuvini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi.

  Talabalar tomonidan uchrashuvda mulohazalar va takliflar ham bildirildi. Shu jumladan, yoshlar tomonidan qilingan rektor tomonidan ma’qullangan taklifga koʻra endilikda institutda Media-markaz ishga tushadi. Mazkur markaz ichiga “Mediani turli sohalari”ni va “Ovoz yozish studiyasi”ni qamrab olib barcha talabalar uchun xizmat qiladi.




SamDTI matbuot markazi