×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

SamDTI rektori oʻzbek-venger forumida ishtirok etdi

  Xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali jahon taʼlim makoniga kirish mamlakatimiz oliy taʼlimi islohotlarini ustuvorlaridan biri. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida 21-iyun kuni boshlanib, 22 kuni Samarqand shahrida davom etilgan Oʻzbekiston — Vengriya oliygohlari rektorlarini forumi bunga yorqin misol boʻla oladi.

  Samarqandda oʻtkazilgan forumda Vengriya davlatini delegatsiya aʼzolari, mintaqamizda faoliyat koʻrsatayotgan oliygohlar rahbarlari ishtirok etdilar.

  Forum ishini Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov ochib berib mamlakatimiz rahbariyati hozirgi vaqtda milliy oliygohlar xalqaro hamkorlik harakatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotganligini taʼkidladi.

  Mazkur forumda Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev ham qatnashib chiqish qildi. Oʻzining nutqlarida institutimiz rektori oliygohimizni ilmiy-pedagogik salohiyati, keng miqyosdagi xalqaro hamkorlik, muntazam ravishda oʻtkazib kelayotgan xalqaro anjumanlar va seminarlar, koʻplab xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan yoʻlga imzolangan hamkorlik bitimlari haqida batafsil gapirib berdi. SamDTI rektorini Vengriya davlati oliy tibbiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish boʻyicha bildirilgan takliflari vengriyalik delegatsiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

  Forumda chiqish qilgan venger delegatsiyani rahbari, Vengriya diplomatik akademiyasi va Stipendium Hungarium dasturini davlat kotibi d-r Orsoyo Pasay-Tomashich, Zemelveys Universiteti rektori d-r Bela Merkey, Sechen Stiven Universiteti tadqiqotlar boʻyicha prorektori Ester Lukash mamlakatimiz oliygohlarini yuqori salohiyatini taʼkidlab yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar bildirib oʻtdilar.



SamDTI matbuot xizmati