×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​SamDTI talaba-yoshlar bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” uchrashuvi o‘tkazildi

  23-iyun kuni “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash Kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot institutida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  Tadbirni SamDTI yoshlar masalalari va manaviy-marifiy ishlar boyicha prorektori Eldor Tangirov kirish sozi bilan ochib berdi. Uchrashuvga tashrif buyurgan mehmonlar - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik A.S.Matlyubov, Samarqand viloyat IIB xodimlari U.R. Raupov, S.N. Xasanov, viloyat narkologiya dispanseri shifokori S.L. Boymirov giyohvandlikning salbiy oqibatlari, giyohvand vositalarini tarqalishiga qarshi kurashish va oldini olish, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda giyohvandlikning yetkazadigan son-sanoqsiz zararlari haqida talaba-yoshlarga atroflicha ma'lumot berdilar.

  Uchrashuv samimiy muloqot tarzida o‘tkazildi, ishtirokchilar barcha qiziqtirgan savollariga javoblarni oldilar.




SamDTI matbuot xizmati