×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

“Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tatbiq etishda xotin- qizlarning roli”

  “Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tatbiq etishda xotin-qizlarning roli” mavzusida Fargʼona Davlat Universitetida Respublika Oliy taьlim muassasalari xotin-kizlar maslaxat kengashlari raislari ishtirokida seminar-trening bulib utdi. Seminar-treningda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva (onlayn), Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri А. Toshkulov (onlayn) va Oliy va urta maxsus taьlim vazirligi vakillari, Ichki ishlar vazirligi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, din ishlari buyicha kumita, Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mutasaddi vakillari, Respublika OTMlarining xotin-qizlar boʼyicha maslahat Kengashlari raislari gender tenglikka erishish strategiyasi boʼyicha maьruzalari bilan ishtirok etdilar.

  Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri Аbduqodir Toshqulov har bir oliy taʼlim muassasalaridagi rivojlanishda xotin-qizlarimiz oʼzlarining fidoiy, halol va pokiza mehnatlari bilan oʼz hissalarini qoʼshib kelayotganliklarini alohida taʼkidlab, xotin qizlar maslahat kengashi ishini yanada rivojlantirish toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi.

  Ushbu anjumanda ishtirok etgan institutimiz xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi raisi G. Xudayberdieva semenar tavsilotlari, Fargona Davlat universitetida tashkil etilgangan "Gender tengligi masalalari buyicha tadqiqotlar markazi" xamda "BOLАJON"innovatsion markazlari, semenardan olgan bilimlari, ega bulgan tajribalari xakida batafsil tuxtalib uz fikrini bildirdi.Oʼtkazilayotgan anjumanlar uzaro fikr va tajriba almashishga, soha yoʼnalishlarida yangi gʼoyalar paydo bulishiga, yangi yangi yutuqlarga erishishga sabab buladi.