×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Sogʻlom turmush tarzi bo‘yicha amaliy seminar Pastdarg‘om tumanida bo‘lib o‘tdi

  26 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti xodimlari Pastdarg‘om tumanida sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazdilar. Unda tuman hokimining oʻrinbosarlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, tuman tibbiyot birlashmasi boʻlimlari mudirlari, xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, boʻlim boshliqlari, barcha umumtaʼlim maktablari direktorlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, tuman “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi qatnashdi.

  Tadbir institut 4-son ichki kasalliklar kafedrasi mudiri, dotsent, t.f.n M.B.Xoljigitova, bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi dotsenti Sh.M.Uralov, pediatriya kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.M.Toshnazarovlar meʼyordan ortiq yogʻ mahsulotini isteʼmol qilishning oqibatlari, yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzi, ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ahamiyati toʻgʻrisida soʻzlab berdilar.

  Konferensiyalar yakuni bo‘yicha ishtiroqchilar bilan olgan bilimlarni joylarda keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish haqida kelishib olindi.



SamDTI matbuot xizmati