×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot institutida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi

  “30 — iyun Yoshlar kuni”ga bagʻishlab, 29 — iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida ilk marotaba fakultetlararo “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

  Oʻyinlarini oʻtkazishdan asosiy maqsad institut talaba-yoshlarining intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek bilim olishga intilishlarini oshirish boʻldi.

  Institut fakultetlararo “Zakovat” intellektual oʻyinida 8 ta, shu jumladan 7 ta fakultet va rektorat jamoalari ishtirok etdilar.

  Zukko, bilimdon va intellektual salohiyatga ega boʻlgan ishtirokchilar oʻyin savol-javoblarida oʻz mahoratlarini namoyish etdilar. Oʻyin 3 raunddan iborat boʻlib, finalga tibbiy profilaktika fakulteti va rektorat jamoalari oʻzaro kurashildilar. Oʻtkazilgan musobaqa oʻzining murosasiz, hayajon bilan qizgʻin oʻtgan jarayoni bilan katta “Zakovat” bellashuvidan mutlaqo farq qilmadi.

  Qizgʻin oʻtgan oʻyin yakuni boʻyicha tibbiy pedagogika fakultetini jamoasi faxrli uchinchi oʻrinni, tibbiy profilaktika jamoasi ikkinchi oʻrinni, rektorat jamoasi birinchi oʻrinni olishga muvaffaq boʻldilar. Barcha gʻolib jamoalar esdalik sovgʻalari hamda kitoblar toʻplami bilan taqdirlandilar.

  “Zakovat” intellektual oʻyinni institutda oʻtkazilishi davom etiladi.





SamDTI matbuot xizmati