×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Institut magistiratura bitiruvchilari uchun bitiruv kechasi bo'ldi

  1- iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti 2020-2021 oʻquv yili magistraturasi bitiruvchilarini bayram kechasi boʻlib oʻtdi.

  Bitiruv kechasini institut rektori Jasur Rizayev ochib berib joriy oʻquv yilda 29 mutaxassislik boʻyicha 121 nafar magistratura rezidentlari bitirganligi, ularni ichida 20 dan ortiq xalqaro olimpiadalarda qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallagan, “Rektor stipendiyasi” va “Hokim stipendiyasi” sohiblari borligini taʼkidlab oʻzining iqtidori va jonbozligi hamda Yoshlar festivali doirasida eng yaxshi sahnalashtirgan boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 25 nafar talabani ota-onalariga tashakkurnoma hamda pul mukofotlarini topshirdi. Soʻngra magistrlarimiz tahsil olish davrida eng qiziqarli voqealarni oʻzida jamlagan videorolik namoyish etildi. Barcha bitiruvchi magistrantlarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

  Bitiruv kechasida tashkil etilgan bayram konsertida oʻrin olgan dilrabo kuy qoʻshiqlar, goʻzal raqslardan tayyorlangan badiiy dastur barcha tadbir ishtirokchilariga haqiqiy bayramona kayfiyatni olib keldi.





SamDTI matbuot xizmati