×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Institut professor-oʻquvchilari joylarda yangi Covid – 19 koronavirus infeksiyasini diagnostikasi, profilaktikasi va vaksinatsiyasi boʻyicha targʻibot ishlarini olib bormoqda

  Hozirgi kunda mamlakatimizni barcha oʻlkalarida koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya jarayoni faol olib borilmoqda. Dunyoning koʻplab mamlakatlari aholisi vaksina olish va unga yetishish orzusida yurgan bir paytda respublika rahbariyati xalqimizga vaksinalarni yetkazishni ustuvor vazifa qilib qoʻygan.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev boshchiligida professor-oʻquvchilaridan iborat 16 ta ishchi guruh vakillari Samarqand shahri va Samarqand viloyatining barcha oilaviy poliklinikalarida boʻlib Covid-19 yangi koronavirus infeksiyasini diagnostikasi, profilaktikasi va vaksinalar olish jarayonlariga aholini faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha targʻibot hamda uslubiy yordam koʻrsatish ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

  Sir emas, hozirgi kunda aholi orasida vaksina olish toʻgʻrisida notoʻgʻri va asossiz maʼlumotlar, mish-mish axborotlar tarqalmoqda. Vaksina olish bu koronavirusga qarshi yagona eng toʻgʻri yoʻl va sogʻlom hayot bu baxtli hayot kechirishni poydevori ekanligi ilmiy asoslangan holda keng tushuntirilmoqda.



SamDTI matbuot xizmati