×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Navbatdagi xalqaro taʼlim fakulteti qoʻshma taʼlim dasturi asosida kirish test imtihonlari boʻlib oʻtdi

 Samarqand davlat tibbiyot institutida 2021/2022 oʻquv yili uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan stomatologiya va pediatriya yoʻnalishlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida bakalavriat yoʻnalishi uchun qabul imtihonlari boʻlib oʻtdi.

  Xalqaro qoʻshma taʼlim dasturida oʻqishni xohlagan abituriyentlar umumiy tartib-qoidalar asosida shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan test imtihonlariga kirdilar. Bu jarayonda ular harorati oʻlchanib, tegishli tekshiruvlardan oʻtkazildi va imtihon xonalariga kiritildilar.

  Xorijiy talabalar bilan ishlash fakultet dekani Raufov Farhod Mahmudovich imtihon jarayoni yuzasidan tushuncha berib oʻtishdi va abituriyentlarga test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib olishlarida omad tiladilar.

  Abituriyentlar test sinovlarini anʼanaviy onlayn rejimda Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetining test platformasida topshirishdi.

  Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan fakultetlarga qabul imtihonlarining birinchi kuni Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan fakultet uchun sinovlar oʻtkazildi.

  Imtihon jarayonlarining shaffof, koʻtarinki ruhda oʻtkazilishi uchun barcha chora~tadbirlar koʻrildi.


SamDTI Matbuot xizmati