×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​SamDTI xotin-qizlar maslahat kengashi Talabalar turar joyidagi qizlarning yashash tarzini oʻrganishdi.

  Xotin-qizlar maslahat kengashi rahbari Xudayberdiyeva Gavxar Ismoilovna boshchiligida Samarqand Davlat tibbiyot instituti 1-sonli hamda 3-sonli talabalar turar joylarida qizlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

  Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlardan oʻz uylaridagidek asrab, avaylab, oqilona, toʻgʻri va unumli foydalanishlari, TTJ ichki qoidalari, tozalik, tartib intizomga rioya qilishlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.Qizlar odobi, axloqi, sogʻligʻi, kiyinish madaniyati toʻgʻrisida suhbat oʻtkazildi.

  Suhbat yakunida TTJ nizomi va tartibi bilan batafsil tanishtirdi hamda talaba-yoshlarni turli tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif qildi.



SamDTI Matbuot xizmati