×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!

  Koʻp yillar samarali mehnat qilgan, institutimiz xotin-qizlar maslahat kengashining faoli, mohir pedagog, jonkuyar ustoz, samimiy, kamtar, oqila, olima ayol, katta oʻqituvchi Inoyat Suleymanovna Igamovani xotirasiga bagʻishlangan xotira kechasi tashkil etildi.

  Uchrashuvda soʻz olgan institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva, L.T.Rozikova, U.M.Safarova va boshqalar, Inoyat Suleymanovnaning yuksak insoniyligi, mehnatsevarligi, samimiyligini ulugʻlab, 2005-yil kafedra tashkil etilishida qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida hayajon bilan gapirib otdilar.

  Tadbir yakunida ishtirokchilarga ustoz xotirasiga bagʻishlab tayyorlangan video rolik namoyish etildi.


SamDTI Matbuot xizmati