×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Xalqaro jurnallarga maqola tayyorlash boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

 Bugun 21 – sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini katta majlislar zalida “Elsevier” kompaniyasini Markaziy Osiyo va Qozogʻiston boʻyicha maslahatchisi, MD, MPH, PhD Rabiga Xojamkul bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda institut professor-oʻqtuvchilari, magistrantlari, izlanuvchilari va doktorantlari qatnashdilar.

  Uchrashuvni SamDTIning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Shuxrat Ziyadullaev ochib berdi. Rabiga Xojamkul yigʻilish qatnashchilariga “Xalqaro jurnalga nashr etish uchun maqolalar tayyorlash” mavzusida nutq soʻzladi. Ushbu murakkab jarayonni koʻp qirralari haqida tushunchalar berdi, shu jumladan Scopusda chop etish uchun mos jurnallar maʼlumotlar bazalarida qidirish bilan tanishtirdi.

  Yosh izlanuvchilar oʻzlarini qiynab kelayotgan savollarni, shu jumladan “Scopus” va “SienceDirect” jurnallariga maqolalarini nashr etish, dolzarb mavzularini tanlash, Xirsh indeksini oshirish, nashr uchun jurnal qidirish, iqtibosni oshirish va hamkorlikni izlash strategiyalarini ishlab chiqish kabi savollarga aniq javoblarni olishdi.




SamDTI matbuot xizmati