×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Diniy erkinlik to'g'risida talabalarga tushuncha berildi

  Samarqand davlat tibbiyot institutida viloyat bosh imom xatibining birinchi oʻrinbosari Xayrulla Sattarov, institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimi Musurmanov Nodir hamda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

  Davra suhbati davomida diniy erkinlik, diniy eʼtiqod mavzusida fikr-mulohazalar almashinildi. Viloyat bosh imom xatibining birinchi oʻrinbosari Xayrulla Sattarov talabalarga diniy erkinlikning nima ekanligi, uning mazmun-mohiyati, diniy eʼtiqodning ahamiyati hamda insonning dinga boʻlgan munosabatini belgilashda qoʻllaniladigan tushunchalar haqida gapirib oʻtdi.

  Davra suhbati qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda yakunlandi.


SamDTI Matbuot xizmati