×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​SamDTIda OʻzLiDeP targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot institutiga OʻzLiDeP viloyat Kengashi “Ayollar qanoti”, “Siyosiy taʼlim” markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarga qizgʻin tayyorgarlik ishlari boʻyicha targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi.

  Tadbirni institut prorektori Tangirov Eldor Sayfullaevich ochib berdilar. Ayni damlarda joriy yilning 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan saylov naqadar muhim ekanligi, har bir ovoz beruvchi bunga maʼsulyat bilan qarash kerak ekani taʼkidladilar.

  Soʻngra OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati tomonidan “Biz shifokorlarning tanlovi – Shavkat Mirziyoev” nomli targʻibot aksiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyatini targʻib qilishga qaratilgan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

  Eʼtirof etilganidek, aholi salomatligini asrash, oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xalqimizga koʻrsatilayotgan tibbiy-profilaktika yordamining sifati va samaradorligini yuksaltirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini yuksaltirish, sogʻliqni saqlash tizimini tibbiyotning eng soʻnggi texnologiyalari bilan taʼminlash nomzod dasturining eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu maqsadda tashkil etilgan targʻibot aksiyasi doirasida oʻtkazilgan tadbirda Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yangi darajaga koʻtarganligi, bu esa fuqarolar sogʻligʻini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotganligi qayd etildi.

  Tadbir davomida OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, “Siyosiy taʼlim” markazi rahbari Sayfiddinova Jamila Badriddinovna hamda “Sifatli taʼlim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” mavzusida Samarqand davlat tibbiyot instituti tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, OʻzLiDeP viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” faoli Xolmurodova Dilafruz Kuvatovnaning maʼruzalari tinglandi.





SamDTI matbuot xizmati