×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Ivoclar Vivadent kompaniyasini vakillarini institutda mahorat darslari boʻlib oʻtdi

  24 sentabr kuni Ivoclar Vivadent kompaniyasi (Germaniya) MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari boʻyicha tibbiyot va davolash boʻlimi boshligʻi, mikro protezlash va estetik restavratsiya boʻyicha taniqli mutaxassis Viktor Daub hamda tish texnigi Artur Fellerlarni Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrifi amalga oshirildi.

  Stomatologiya fakulteti dekani Alisher Axmedov tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda institutni bakalavr, magistratura va ordinatura talabalari ishtirok etdilar, mehmonlar stomatologiyani zamonaviy masalalari haqida eng soʻnggi maʼlumotlarni berdilar.

  Doktor Viktor Daub tomonidan institutni terapevtik stomatologiya kafedrasida ommaviy kompozitsion materiallar va Ivoclar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan bogʻlovchi tizimlarga bagʻishlangan mahorat darsini, Artur Feller esa ortopedik stomatologiya kafedrasida zamonaviy tish protezlariga bagʻishlangan mahorat darsini oʻtkazdi. Ishtirokchilar barcha qiziqtirgan savollariga javoblarni olib mahorat darslarini yakuni boʻyicha tegishli sertifikatlarni oldilar.

  Maʼlumot uchun : Ivoclar Vivadent — yuqori sifatli stomatologiya asbob-anjomlar ishlab chiqaruvchi jahondagi sanoqli kompaniyalardan biridir, kompaniya dunyoning 120 mamlakatiga oʻz mahsulotlarini yetkazib beradi. Ivoclar Vivadentning 24 mamlakatda boʻlimlari mavjud boʻlib har yili dunyo boʻylab 3200 dan ortiq yetuk mutaxassislarni qayta tayyorlab kelmoqda.


SamDTI Matbuot xizmati