×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​SamDTIga Hindiston Davlat tashqi ishlar va madaniyat vaziri tashrif buyurdi.

  Hindiston diplomatiyasining "yuzi", Hindiston Davlat tashqi ishlar va madaniyat vaziri Meenakshi Lekhi xonim, bugun Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori professor Jasur Rizaev, tadbirni ochib berar ekan, Yurtimizda jadallik bilan olib borilayotgan oliy taʼlim va sogʼliqni saqlash sohasi islohotlari tibbiyot yoʼnalishlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalarga ham maqbul sharoitlarni yaratib kelmoqda deb aytdi.

  Meenakshi Lekhi xonim SamDTIda oʼqiyotgan Hindistonlik talabalar toʼplangan zalga qadam qoʼyar ekan, Oʼzbekistonga har gal kelganida ushbu mamlakatning boy ilmiy-tarixiy merosi, tib ilmiga asos solgan allomalar yurti ekanligini aytib, mamlakat xalqining oʼzbekona lutf, oʼziga xos mehmondorchiligidan oʼzgacha zavq olishi haqida soʼz ochdi.

  Nufuzli diplomatga hamrohlik qilayotgan. Hindistonning Oʼzbekiston respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi, janob Manish Prabhat shuningdek SamDTIning xalqaro taʼlim fakultetida tahsil olayotgan 80 nafar hindistonlik talabalar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi.

  Diplomat xonim, Hindistonlik talabalar orqali , Oʼzbekistonda xususan Samarqand davlat tibbiyot institutida ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, talabalarning qanchalik, Oʼzbekiston sharoitiga moslashishayotganligi, oʼqish jarayonlaridagi yutuq va kamchiliklarni shaxsan oʼzi kuzatdi.

  Ochiq muzokaralarda Meenakshi Lekhi xonim, uning Oʼzbekistonga tashrifi shunchaki protokol tashrif emas va u shunchaki rasmiyatchilik uchun amalga oshirilayotgani yoʼq, deya ta’kidlandi. Davlatlaro munosabatlarga yangicha sifat aks etishi hamda hindistonlik talabalarning Oʼzbekistonda egallagan bilimlari Hindiston tibbiyotida oʼzini koʼrsatishi muhimligini ta’kidlandi.

SamDTI Matbuot xizmati