×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi faollari tomonidan davolash, pediatriya, tibbiy profilaktika fakultetlari talaba-qizlari oʻrtasida “Odobimiz — ziynatimiz” mavzusida uchrashuvlar utkazildi.

  Uchrashuvlarda soʻz olgan kengash faollari mamlakatimizda yoshlarga, xotin-qizlarga berilayotgan ulkan imkoniyatlar, institut talablari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut ichki mehnat intizomi, tartib qoidalariga va odob axloq etikasiga rioya qilish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni qadrlash, kiyinish va muomala madaniyati, tozalikka eʼtibor qaratish toʻgʻrisida fikr bildirishdi. Oʻquv xonalari, zallar, jihozlar, kompyuter texnikalari va maishiy xonalardan toʻgʻri foydalanish kerakligi haqida toʻxtalib oʻtildi.

  Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.


SamDTI matbuot xizmati