×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Davolash fakulteti birinchi kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  27,28 - sentabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot institutida davolash fakultetiga birinchi kursga qabul qilingan hamda 3- kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda institut yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Eldor Tangirov, davolash fakulteti dekani Gʻayrat Lutfullayev, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchisi Xojimuxammad Abbasov va talabalar ishtirok etdilar.

  Uchrashuvda talabalarni kelgusida yaxshi mutaxassis boʻlishlari uchun yaxshi oʻqib, puxta bilim olishlari, har tomonlama yetuk boʻlishlari, yaʼni oʻz kasblarining yetuk egalari boʻlishari haqida soʻz olib borildi, institutda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar batafsil aytib oʻtildi. Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti tomonidan institutimizning faol va iqtidorli talabalari tomonidan erishilgan yutuqlari eʼlon qilinib, talabalarni institutni ijtimoiy hayotida faol boʻlishga chaqirildi.

  Tadbir davomida birinchi kurs talabalaridan fikr-mulohazalar eshitilib ularni berilgan barcha savollariga javoblar qaytarildi.



SamDTI matbuot xizmati