×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Ustozlar va murabbiylar kuniga bag‘ishlab bayram konserti uyushtirildi

  29-sentabr kuni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

  Konsert dasturini institut kasaba uyushmasi raisi Y.Allayavrov tabrik so‘zi bilan ochib berib, bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasi ekanligini, ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibor yildan-yilga ortayotganligiga to‘xtalib, ushbu sharafli kasb egalarining kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.

  Tadbir avvalida ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, talaba-yoshlarning zamon talablari asosida ilm-hunar egallashi yo'lida, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi fidoiyligi, kelajak avlodga ibrat maktabi bo‘luvchi shijoati uchun institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari institut rektorining “Tashakkurnomasi “ hamda Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  Shundan so‘ng, badiiy chiqishlarga navbat berilib, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan turli kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijrosi, ustozlarga bag`ishlov she`rlar namoyish etildi. Taniqli san’atkorlar ishtirokida talaba yoshlar uchun ўтказилган “Kelajaging uchun ovoz ber!” nomli konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.


SamDTI matbuot xizmati