×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot institutiga hamkor Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya) rektorini tashrifi amalga oshirildi

  5-oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutiga Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti rektori, professor Nikolay Nikolaevich Karyakin tashrif buyurdi.

  Mehmonni institut rektori Jasur Rizayev qabul qilib ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi. PTTU bilan akademik mobillikni yanada rivojlantirib yangi bosqichga chiqishni istiqbollari, jumladan SamDTI talabalari magistratura, ordinatura hamda aspiranturada PTTUda tahsil olishlari, institut ilmiy izlanuvchi va professor-oʻquvchilarni PTTUni ilmiy safarga joʻnatish hamda xorijlik hamkorni tegishli ilmiy kengashlarida PhD va DSc ilmiy darajalarini olish mumkinligi doʻstona ruhda muhokama qilindi.

  PTTU rektori Nikolay Karyakin institutning yangi oʻquv yili boshidan ishga tushirilgan yangi oʻquv binosiga tashrifi buyurib, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.

  Uchrashuv davomida Samarqand davlat tibbiyot institutida 2021/2022 oʻquv yili uchun Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Polsha Respublikalari bilan hamkorlikda bakalavriat va magistratura taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul qilinganlarni talabalikka qabul qilish hamda “Gipokrat qasamyodi”ni qabul qilish boʻyicha tantanali uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda ikkala oliygoh rektorlari ishtirok etib talabalarga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

  Qasamyodda xalqaro qoʻshma dasturlar asosida SamDTIga oʻqishga qabul qilingan talabalar tantanali ravishda “Gipokrat qasamyodi”ni qabul qildilar. Tantanali marosimdan soʻng tadbirda tashrif buyurgan mehmonlar va barcha ishtirokchilar uchun bayram konsert dasturi namoyish qilindi.

Ред.

Foto galereya

SamDTI matbuot xizmati