×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot institutining xalqaro aloqalari kengaymoqda

  Samarqand shahrini koʻpgina xalqaro aloqalar buyuk bobokalonimiz Amir Temur davridan boshlanib, bugungi kungacha uzviy davom etib kelayotgan, oʻziga xos qadriyatlar va tartiblarga ega “Milliy diplomatiya”mizni shakllantirgan desak mubolagʻa boʻlmaydi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti ham oʻzining xalqaro aloqalarini muntazam kengaytirib, chet davlatlarning nufuzli idoralari va oliy taʼlim massalari bilan mustahkam aloqalar, kelishuvlar, memorandumlar tuzib, oʻz faoliyatini xorij tajribasi bilan doimiy uygʻunlashtirib kelyapti.

  Kuni kecha SamDTIga Sankt-Peterburg shahrining tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi Yevgeniy Dmitriyevich Grigoryev boshchiligidagi delegatsiya, tibbiyot yoʻnalishida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, sogʻliqni saqlash tizimi yangiliklari va texnologiyalarida oʻzaro fikr almashish va bu boradagi tajribalarni oʻrtoqlashish maqsadida tashrif buyurdi.

  Piterlik delegatsiya aʼzolarini institut rektori Jasur Rizayev kutib oldi, yurtimizga tashriflari bilan qutlab, institutning bugungi faoliyati, kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi.

  Uchrashuv davomida, SamDTIning Sankt-Peterburgdagi S.M. Kirov nomidagi Harbiy meditsina akademiyasi, Birinchi Sankt-Peterburg tibbiyot universiteti hamda Mechnikov nomidagi Shimoliy-gʻarbiy tibbiyot universitetlari bilan olib borilayotgan yaqin hamkorlik aloqalari eʼtirof etildi va hamkorlikda qilingan ishlar muhokama qilindi.

  Shuningdek, Sankt-Peterburg shahri oliy taʼlim muassasalari bilan oliy tibbiy taʼlim, ilmiy faoliyat, akademik mobillik va boshqa sohalarda hamkorlikni yangi sifat darajasiga olib chiqish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.




SamDTI Matbuot xizmati