×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Professor O‘ktam Vaxabovani xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

  2021 yil 8 oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Ichki kasalliklar akademiyasi — soʻnggi yutuqlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Xalqaro konferensiya taniqli shifokor, Respublika fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Oʻktam Karimovna Vaxabovani (1928-2016) xotirasiga bagʻishlandi. Anjuman ishida Rossiya, Belarus, AQSh, Polsha va Oʻzbekistonni yetakchi tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlarini 400 ziyod vakillari ishtirok qildilar.

  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirini birinchi oʻrinbosari Amrillo Inoyatov (Toshkent, Oʻzbekiston), SamDTI rektori Jasur Rizaev (Samarqand, Oʻzbekiston), Respublika ixtisoslashgan xirurgik angionevrologiya markazi direktori, Oʻzbekiston va Rossiya fanlar akademiyasini akademigi Shavkat Karimov (Toshkent, Oʻzbekiston), Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya yurak yetishmovchiligi mutaxassislari ilmiy ilmiy jamiyati asoschisi va prezidenti, tibbiyot fanlari doktori, professor Yuriy Belenkov (Moskva, Rossiya); SamDTI 1-sonli bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori Azamat Shamsiev; A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya markazi ultratovush diagnostikasi boʻlimi boshligʻi, SamDTI faxriy professori Madina Qodirova (Moskva, Rossiya); Oʻzbekiston Qahramoni, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali oftalmologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Rahmon Muxamadiev; Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-son ichki kasalliklar kafedrasi professori Abdugʻaffor Gadaev va boshqalar oʻzlarini qutlov soʻzlari bilan ishtirokchilarga murojaat etib konferensiya ishiga omadlar tiladilar.

  Xalqaro forumni yalpi majlisida respublika va xorij yetakchi mutaxassislarini “Yurak yetishmovchiligi — nima yangilik? Yangilangan koʻrsatmalar”, “Zamonaviy tushunchalar asimptomatik bemorlarda karotin jarrohlik”, “Arterial gipertenziya davolashda zamonaviy yondashuvlar: asosiy fikrlarni ajratib koʻrsatish”, “Arterial gipertenziya boshlangʻich terapiyasida kombinatsiyalangan dorilarning oʻrni va oʻrni”, “Tibbiyotning zamonaviy sharoitida gastroenterologiyaning dolzarb masalalari”, “Anemiya bilan yurak yetishmovchiligini tashxislar va davolashga differensial yondashuv”, “Oʻtkir chuqur tomir trombozini yangi ogʻiz antikoagulyanti rivaroksaban bilan davolash” kabi dolzarb mavzularga, tibbiy fundamental va klinik fanlar oʻqitish xususiyatlari hamda professor Oʻ.K. Vaxabovani hayoti va mintaqada tibbiyot fanini rivojiga qoʻshgan hissasiga bagʻishlangan maʼruzalardan soʻng konferensiya ishi shubalarda davom ettirildi.

  Konferensiyani asosiy ishi shuba yigʻilishlarida davom ettirilib unda ishemik yurak kasalligi, kardiologik kasalliklarni tasdiqlash va davolashning Innovatsion texnologiyalari, pulmonologiya, gastroenterologiya, revmatologiya va nefrologiyani haqiqiy muammolari, davolash va profilaktikasi, COVID-19 pandemiyasida tibbiy yordamning samaradorligini oshirish yoʻllari mavzularida 70 ortiq maʼruzalar tinglandi.

  Samarqand davlat tibbiyot institutida oʻtkazilgan “Ichki kasalliklar akademiyasi — soʻnggi yutuqlar” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi shubhasiz, respublika va mintaqamizda ichki tibbiyot va terapiya sohasini, rivojlantirish, fundamental va klinik fanlar oʻqitilish sifatini yanada oshirish va malakali tibbiy kadrlarini tayyorlash hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlarini xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Fotogalereya


SamDTI Matbuot xizmati