×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​SamDTI talabalari “Talaba yoshlar va saylov” forumi doirasida oʻtkazilgan bellashuvlarda gʻolib boʻldi

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarida talabalarning faol ishtirokini taʼminlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida “Saylov-2021”, “Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari ishtirokidagi forumi boʻlib o'tdi.

  Forum doirasida “Oʻz kelajagimni oʻzim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida “Munozara” intellektual bellashuvi, Saylov qonunchiligi va jarayoniga oid viktorina, Zakovat intellektual oʻyini, “Men saylovda ilk marta ovoz beraman” mavzusida davra suhbati hamda Mushoira tanlovlari boʻlib oʻtdi.

  Oʻtkazilgan tanlovlarda Samarqand davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdilar. Yoshlar Ittifoqining faol va iqtidorli talabalari ishtirok etib:

1. “Oʻz kelajagimni oʻzim belgilayman, sizchi?” shiori ostida “Munozara” intellektual bellashuvida — 1-oʻrinni,

2. Saylov qonunchiligi va jarayoniga oid viktorinasida — 1-oʻrinni

3. Mushoira tanlovidan faxrli 2-oʻrinni egallashdi.

  Tanlovda gʻolib boʻlgan jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.




SamDTI Matbuot xizmati