×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Heart Team assotsiatsiyasi hamkorligida mahorat darslari o‘tkazildi

  15 - oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida Heart Team assotsiatsiyasi hamkorligida magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar va talabalar uchun “Yurak embriologiyasi, anatomiyasi va qon aylanish tizimi” mavzusida mahorat darslari oʻtkazildi.

  Maʼruza interfaol usullarda, tarqatma materiallar yordamida olib borildi. Dastlab yurak embriologiyasi qismida yurakning embriologik rivojlanishi toʻliq ketma-ketlikda simulatsion koʻrsatib berildi. Soʻngra tarqatma materiallar yordamida toʻliq qon aylanish tizimi oʻrganilib chiqildi va bilimlarni mustahkamlash maqsadida test sinovlari oʻtkazildi. Disseksion kursda esa maʼruzachi tomonidan dastlab yurakning har bir strukturasi toʻliq koʻrsatilib berildi. Amaliyot qismida har bir ishtirokchi hayvonlar yuragini toʻliq anatomik strukturalarini oʻrgandilar. Mahorat darslari savol-javoblar va bahsu-munozalarga boy oʻtdi.

  Mashgʻulotlardan soʻng barcha ishtirokchilar maʼruzachilar hamda Heart Team assotsiatsiyasiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.




SamDTI matbuot xizmati