×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Institut yangi o‘quv binosini tantanali ochilishi o‘tkazildi

  Har yili 18 oktyabr kuni “Samarqand shahri kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu yil Samarqand ahli uchun ushbu bayramga yana bir quvonchli voqea qoʻshildi. Bugun 18 oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini yangi oʻquv binosini tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tantanalarda Samarqand viloyati va shahrini rahbarlari, Samarqand oliygohlari rektorlari, keng jamoatchilik vakillari, institut talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

  Tadbir Davlat madhiyasini ijrosi bilan boshlandi. Soʻng chiqish qilgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov institut barcha jamoasi va talabalarni yangi oʻquv binoni foydalanishga topshirganlik bilan tabrikladi, yuqori malakali kadrlar chiqarish yoʻlida zafarlar va omadlar tiladi. Institut professor Azamat Shamsiev oʻz chiqishida yangi oʻquv binosini barpo etish tarixi, uning loyihasi Dublin Universitetidan olinganligini aytib berdi. Institut rektori professor Jasur Rizaev mamlakat rahbariyati va shaxsan Prezidentga taʼlim-tarbiya masalalariga doimiy eʼtibor uchun minnatdorchilik bildirib, moddiy-texnik taʼminotni kuchayishi kadrlar tayyorlash boʻyicha yangi imkoniyatlar va jahon taʼlim makonida institut nufuzini yanada oshishiga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

  Nutqlardan va tantanali ochilishdan soʻng mehmonlar institut yangi oʻquv binosida dars mashgʻulotlarini olib borish uchun yaratilgan moddiy va texnik sharoitlar bilan tanishishdilar va ulari yuksak baholadilar.

  Havo sharlarini oq kaptarlar bilan samoga uchishi hamda tashkil etilgan bayram dasturi barcha bayram ishtirokchilariga yanada quvonch va shodlikni olib keldi.

SamDTI matbuot xizmati