×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

SamDTIda “TIL – MILLAT FAXRI” mavzusida bayram konserti oʻtkaziladi

  1989 — yilning 21 — oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra Oʻzbek tiliga — Davlat tili maqomi berildi.

  Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil toʻlishi va mazkur sana “Oʻzbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan butun respublika miqyosida, jumladan institutda qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.

  Shu munosabat bilan, joriy yilning 20 — oktyabr kuni Samarqand Davlat tibbiyot institutida “TIL – MILLAT FAXRI” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi S.Halimov kirish so'zi bilan ochdi. Tadbir institut oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili kafedrasida tahsil olayotgan talabalarning chiqishlari va konsert dasturi namoyishi bilan davom etdi. Tadbirda institut professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

  Tadbirda oʻzbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib oʻtilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pogʻonaga olib chiqish borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi.

  Tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb maʼnaviy burchimiz boʻlib qolishiga eʼtibor qaratildi.

  Oʻzbek tilining xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda oʻz hissamizni qoʻshishimiz zarurligi hamda har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi taʼkidlandi.





SamDTI matbuot xizmati