×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Rektor va faol yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  19-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutining “SamMI Union” majlislar zalida rektor professor Jasur Rizayevni institutning talaba-yoshlari, shu jumladan Yoshlar Ittifoqi va “Sammi Unionassatsiyasi faollari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

  Uchrashuvda Jasur Rizayev chiqish qilib yoshlarni faollikka undadi, hozirgi axborot makonida yurtimizga boʻlayotgan munosabat, islohotlarni natijalari, bugungi taʼlimga boʻlgan xilma-xil fikrlarga, baʼzi bir shaxslar tomonidan tanqidiy fikrlarga oʻz vaqtida toʻgʻri yondashgan holda javob berishga chaqirdi. Yoshlar yilida katta imkoniyatlar yaratilmoqda shunday ekan barcha bilim va kuch gʻayratni bunyodkorlik, barkamol inson boʻlish yoʻlida harakat qilishga qaratish kerak, deb taʼkidladi institut rahbari.

  Uchrashuvda talabalar soʻzga chiqdi boshqa tibbiyot oliygohlari talabalari bilan hamkorlik qilishga imkoniyat yaratilishini fikrini ilgari soʻrashdi. Respublikadagi oliy tibbiyot taʼlim muassasalari bilan talaba-yoshlari oʻrtasida munozara klubini, zakovat klubini, birinchi talabalar forumini tashkil qilish boʻyicha fikrlarni berishdi.

  Shuningdek, uchrashuv yakunida yaqin kunlarda institut talabalari uchun Media markaz va “Teatr studiyasi” ochilishini taʼkidlandi. Uchrashuv ishtirokchilari barcha berilgan savollariga javoblarni olib mamnuniyat bildirdilar.

  Institut rektorini talaba-yoshlar bilan uchrashuvlari muntazam ravishda oʻtkaziladi.



SamDTI matbuot markazi