×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​21 oktyabr – O'zbek tili kuni

 Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, kutubxonalarda, korxona va tashkilotlarda turfa xil tadbirlar o‘tkazilmoqda.

  Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.

  Bayram tadbirlar erta tongdan o‘zbek tilining asoschisi - Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlab berildi.

  Ushbu tadbirda viloyat va shahar hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi, oliy o‘quv yurtlari, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va keng jamoatchilik bilan bir qatorda Samarqand davlat tibbiyot institutining vakillari ham ishtirok etishdi.

  Shoir nomi bilan ataluvchi ko‘chada o‘rnatilgan sahnada o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar adabiy kecha ko‘rinishida davom etdi.

  Institut barcha kafedra va kurslarida o‘tkazilgan axborot va ma’naviyat soatlarida “21 oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” haqida professor-o‘qituvchilar va talabalarga keng tushuntirish ishlari olib borildi.





SamDTI matbuot xizmati