×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Institut talabalari “Janub stomatologiyasi — 2021” XII Xalqaro talabalar olimpiadasini gʻoliblari

  Rossiya Federatsiyasini Volgograd va Kuban davlat tibbiyot universitetlari negizida “Janub stomatologiyasi — 2021” XII Xalqaro talabalar olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Olimpiadada MDH, yaqin va uzoq mintaqalar davlatlarini tibbiyot universitetlarini stomatologiya fakultetlarini talaba-yoshlari ishtirok qildilar.

  Samarqand davlat tibbiyot institutidan mazkur Xalqaro tanlovda stomatologiya fakultetini bir guruh talabalari ishtirok etdilar. Institut talabalarni chiqishlari, bilim va koʻnikmalari Olimpiada tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

  Xalqaro Olimpiada yakunlari boʻyicha hakamlar hayʼatini qaroriga binoan talabalarimiz:

Mansurov Ruslan – I-oʻrin “Terapevtik stomatologiya” yoʻnalishi boʻyicha;

Erkinov Munis – II-oʻrin “Xirurgik stomatologiya” yoʻnalishi boʻyicha;

Burgutova Umida – III-oʻrin “Stomatolog kasalliklar propedevtikasi” yoʻnalishi boʻyicha

  gʻoliblikka loyiq deb topilib tegishli diplomlar bilan taqdirlandilar.

  Institut stomatologiya fakultetini talaba-yoshlarini Xalqaro olimpiadadagi ishtiroki va qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz, yangi omadlar va quvonchlarni tilaymiz!



SamDTI matbuot xizmati