×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Latviya universiteti bilan hamkorlik oʻrnatildi

 Saylov jarayonlarini kuzatish uchun turli dunyo davlatlaridan xalqaro kuzatuvchilar tashrif buyurishib, saylov uchastkasida yaratilgan imkoniyatlar va ovoz berish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

  Saylovda ovoz berish jarayonlarini kuzatish maqsadida Latviya Respublikasidagi Latviya universitetining akademik kutubxona direktori Kokere Venta xonim Samarqandga tashrif buyurib Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev bilan uchrashdi.

  Kokere Venta xonim SamDTI yangi binosi, undagi taʼlim berish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar va talabalar akademik mobilligi borasida takliflar almashildi, kelgusida hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishildi.

  Uchrashuv yakunida Kokere Venta xonim institut kutubxonasiga “Single-stranded rna phagesfrom molecular biology to nanotechnology” nomli kitobni sovgʻa qildi. Institut rahbariyati tomonidan xorijiy mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirdi.




SamDTI matbuot xizmati