×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Ilmiy kengashda institut talabalarini yutuqlari eʼtirof etildi

  Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ahamiyatlidir. Yoshlarga qaratilgan eʼtibor, ularni qoʻllab — quvvatlash kun sayin ortib borayotgani, ular uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar — Vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.

  27 — oktabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutining navbatdagi Ilmiy kengashi boʻlib oʻtdi. Kengashda 52 nafar “Rektor stipendiya” sohiblaridan 10 nafar talabalar taqdirlandilar.

  Shuningdek, “Janub stomatologiyasi — 2021” XII Xalqaro talabalar olimpiadasi gʻoliblari — Mansurov Ruslan – I-oʻrin “Terapevtik stomatologiya” yoʻnalishi boʻyicha; Erkinov Munis – II-oʻrin “Xirurgik stomatologiya” yoʻnalishi boʻyicha; Burgutova Umida – III-oʻrin “Stomatolog kasalliklar propedevtikasi” yoʻnalishi boʻyicha gʻolib boʻlganligi haqidagi diplomlar bilan taqdirlandilar.

 Oʻtkazilgan tanlovlarda Samarqand davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdilar. Yoshlar Ittifoqining faol va iqtidorli talabalari ishtirok etib:

1. “Oʻz kelajagimni oʻzim belgilayman, sizchi?” shiori ostida “Munozara” intellektual bellashuvida — 1-oʻrinni,

2. Saylov qonunchiligi va jarayoniga oid viktorinasida — 1-oʻrinni

3. Mushoira tanlovidan faxrli 2-oʻrinni egallashdi.

  Tanlovlarda gʻolib boʻlgan jamoalarga tantanali ravishda diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

  Talabalarimizni turli olimpiada va koʻrik-tanlovlarda qatnashishi orqali institut nufuzini yanada oshirish masalasi alohida taʼkidlandi.

  



SamDTI matbuot xizmati