×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​“Biz tazyiq va zoʻravonlikka qarshimiz!” ochiq muloqoti oʻtkazildi

  Institut xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Biz tazyiq va zoʻravonlikka qarshimiz!” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.

  Uchrashuvda Samarqand shahar 3-son ichki ishlar boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor podpolkovnik Z.A. Sharapova, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva, psixolog D.Jurayeva, xotin-qizlar kengashi faxriylari dos.S.S.Yusupova, dos, X.M.Mamadiyarova, S.S. Naimova va R.Sh.Baratovalar soʻzga chiqib, Oʻzbekiston milliy qonunchiligida gender tenglik masalalari, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan jabrlanuvchilarni himoya qilish ishlarining samaradorligi, qizlarimiz millatimiz faxri, jamiyatimiz yetukligi va mustahkamligi garovi ekanligi hamda yuksak maʼnaviyatli, chuqur bilimli, odob axloqli, gʻayrat shijoatli, tashabbuskor, sogʻlom fikrli shaxslarga bogʻliqligi toʻgʻrisida fikrlar bildirishdi.

  Tadbir qiziqarli baxs-munozaralarga boy boʻldi. Ishtirokchilar qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.



SamDTI matbuot xizmati