×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

“Tibbiyot mohirlari” xalqaro olimpiada SamDTI jamoasi 1-o‘rinni egalladi

  26-27 oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida “Tibbiyot mohirlari” I-Xalqaro talabalar olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Qozogʻiston va respublikamizni barcha tibbiyot oliygohlaridan talabalar ishtirok qildilar.

  Institutimiz sharafini Shokirov M., Djalolov D., Olimova G., Panjiev Sh., Gadoev R., Olimjonova F. dotsent D.K. Xolmurodova rahnamoligida himoya qildilar.

  Olimpiada berilgan savol va topshiriqlar ishtirokchilarning nazariy bilimlari va amaliy tibbiy koʻnikmalarini baholashga qaratildi. Tanlov dasturida joy olgan shoshilinch tibbiy yordam (“UrgentSkill”), yurak-oʻpka reanimatsiyasi (“ResuscitationSkill”), rentgenogrammalarni sharhlash (“X-RaySkill”), akusherlik va ginekologik koʻnikmalar (“ObstetricsSkill”) va laboratoriya tadqiqot usullarini sharhlash koʻnikmalarini oʻz ichiga olgan. (“LabSkill”), elektrokardiogrammalarni roʻyxatga olish va talqin qilish (“ECGSkill”), jami 20 yoʻnalishlar boʻyicha qizgʻin kurashlarda talabalarimiz oʻzlarini bilimlari va koʻnikmalarini namoyon etdilar.

  Xalqaro hakamlar hayʼatining tajribali oʻqituvchilari tomonidan amalga oshirildi va ishtirokchilarning tibbiy mahorati ham individual, ham jamoaviy ishda baholandi. Musobaqada talabalarimiz faxrli oʻrinlarni egalladilar va nominatsiyalar boʻyicha jamoaviy I-darajali diplom bilan taqdirlandilar.

  Talabalarimiz va ularni rahbarini qutlaymiz hamda yangi omadlar tilab qolamiz!



SamDTI matbuot xizmati