×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​TTJda oʻtkazilgan musobaqalarni gʻoliblari taqdirlandi

 Har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, talaba-yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 4 - noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini 3-son talabalar turar joyida stomatologiya va tibbiy-profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetlarni tyutorlari tomonidan “Yurt kelajagi — yoshlar qoʻlida!” shiori ostida “Tikuvchilik” hamda “Shaxmat” yoʻnalishlarida musobaqalar oʻtkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflarga asosan, talabalar turar joyida darsdan keyin turli xil sport va ijodiy toʻgaraklarni tashkillashtirish masalasi koʻrib chiqildi.

  Tanlov yakunida, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalarga institut rektori Jasur Rizayev tomonidan diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.


SamDTI matbuot xizmati