×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Sport tibbiyoti va reabilitatsiya boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari SamDTIga tashrif buyurdilar

  Joriy yilni 10 - noyabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Sport tibbiyoti va reabilitatsiyasida innovatsion yondashuvlarning dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida MDH va Boltiqboʻyi davlatlari hamda Gruziya sport tibbiyoti va reabilitatsiyasi assotsiatsiyalari rahbarlarining mintaqaviy forumini ishtirokchilari 11 - noyabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.

  Azim Samarqand shahri bilan tanishish maqsadida kelgan xalqaro konferensiyani ishtirokchilarini Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashriflari amalga oshirildi. Mehmonlarga institut stomatologiya fakulteti dekani Alisher Axmedov hamrohlik qildi.

  Mehmonlarni institut oʻquv ishlari prorektori Nargiza Yarmuxamedova kutib oldi. Mehmonlar orasida sport tibbiyoti, psixologiyasi, reabilitatsiyasi, genetikasi, farmakologiyasi, fiziologiyasi boʻyicha MDH turli davlatlar, shu jumladan Ozarbayjon, Ukraina, Belorus, Gruziya, Latviya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Estoniyani olim-mutaxassislari hamda amaliyotchilari boʻlgan delegatsiya aʼzolari institutimizni yangi binosida oʻquv jarayonni olib borish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Mehmonlar SamDTIning majlislar zalida sport tibbiyoti sohasida hozirgi kun uchun muhim boʻlgan masalalar, ularni hal etish yoʻllari, innovatsion metodlar boʻyicha olib borilayotgan izlanishlarni haqida SamDTIning sport tibbiyoti kafedrasi mudiri Zilola Mavlyanova hamda kafedra professor-oʻqituvchilari bilan suhbat oʻtkazdilar.

  Tashrif yakunida kelgusida sport tibbiyoti va reabilitatsiya masalalari boʻyicha SamDTIda xalqaro konferensiya oʻtkazish haqida kelishib olindi.




SamDTI matbuot xizmati