×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​“Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay!” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi

  11 - noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay!” mavzusida institut professor-oʻqituvchilari, talabalar hamda Samarqand viloyat diniy ishlar qoʻmitasi raisi S.Boymurodov, Samarqand viloyat diniy ishlar qoʻmitasi masʼul xodimi S.Najimiddinova, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boʻlimi masʼul xodimi E.Aripov ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar orasida ekstremizm gʻoyalariga berilishining oldini olish, internetdan toʻgʻri foydalanishdan hamda ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat boʻldi.

  Tadbirni kirish soʻzi bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor E.Tangirov ochib berdi va soʻz navbatini viloyat diniy ishlar qoʻmitasi raisi S.Boymurodovga berdi. Maʼruzada talabalarga ilmning hosiyati, kelajakning masʼuliyati, yoshlarning odob-ahloqi toʻgʻrisida atroflicha tushunchalar berdi. Shuningdek, salbiy muhit oqibatida ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan yoshlar taqdiri ham dalillar asosida tayyorlangan ijtimoiy videorolik misolida tahlil qilingan holda, globallashuv jarayonida kechayotgan gʻoyalar kurashi va ularning jamiyatga tahdidi, bugun internet va undagi ijtimoiy tarmoqlar kabi eng zamonaviy texnologiyalardan, kishilar uchun muqaddas sanalgan tuygʻulardan faol foydalangan holda inson ongi va qalbi uchun olib borilayotgan kurash uta nozik tus va xatarli koʻlam kasb etgan, jamiyat hayotiga tahdid soladigan ishlarni islom bilan bogʻlashga urinayotgan ekstremizm va mutaassiblikning asl qiyofasini ochib berib, mazkur harakatlarning nafaqat dunyoviy qonun-qoidalar, balki islom dini asoslariga ham zid ekanini, bunday oqimlarga qarshi murosasiz kurash, mutaassib kuchlarning islom diniga mutlaqo yot, begona ekanini har tomonlama asoslab berdi.

  Tadbirda soʻz olgan Samarqand viloyat diniy ishlar qoʻmitasi masʼul xodimi S.Najimiddinova talabalarga mamlakatimizda jadal olib borilayotgan yoshlar siyosatining mazmun-mohiyatini tushuntirar ekan, bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalanib, ilm-fanda olamshumul yutuqlarga erishish ularning oʻz qoʻllarida ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

  Tadbir ishtirokchilari barcha berilgan savollariga javoblar oldilar.



SamDTI matbuot xizmati