×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Institutda “The easiest way to learn English” mahorat darsi boʻlib oʻtdi​

  12 - noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Innovative center” markazi bilan hamkorlikda ingliz tilini yozma va muloqotini oʻrganishga bagʻishlangan “The easiest way to learn English” (“Ingliz tilini oʻrganishning oson yoʻli”) mavzusi bilan master-klass boʻlib oʻtdi. Unda institut talabalari, professor-oʻqituvchilar va xodimlar faol ishtirok etdilar.

  “Innovative center” amaliy markazi mintaqamiz chet tillarni oʻrgatish boʻyicha yetakchi markazlaridan biridir. Tashkil etilgan mahorat darsi SamDTI va “Innovative center” oʻrtasida 2020 - yilda imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida oʻtkazildi.

  Mahorat darsini tantanali ochilishida institut rektori Jasur Rizayev chiqish qilib hozirgi kunda chet tilini bilish har bir talaba va oʻqituvchi uchun bu hayotiy zarurat ekanligi hamda institutimizni jahon taʼlim makoniga kirib borishini sharti boʻlganligini taʼkidlab oʻtdi. Tadbir ishtirokchilarini “Innovative center” markazini rahbari Muxammadxon Soliev ham qutladi.

  Master-klassni asosiy maʼruzachilari – “Innovative center” markazini vakillari Toxir Islomov, Timur Djalilov, Suxrob Murodov ishtirokchilarga chet tillarni oʻrganishni eng tarqalgan usullari, chet tilida yozma va muloqot olib borish koʻnikmalarini hosil qilishni eng maqbul yoʻllarini, chet tilini oʻrganishda shaxsiy manfaatdorlik va xohish ustun ekanligini batafsil tushuntirib berdilar. Barcha berilgan savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

SamDTI matbuot xizmati