×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Institut xodimi “Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovini gʻolibi boʻldi

  "Oliy taʼlim muassasaning eng yaxshi pedagogi" Respublika tanlovi oʻz nihoyasiga yetdi.

  Mazkur tanlovda jami 59 ta oliy taʼlim muassasalaridan 1-bosqichda 1000 dan ortiq, 2-bosqichda (respublika bosqichi) 258 nafar professor-oʻqituvchilar qatnashishdi. Tanlov uch nominatsiya boʻyicha oʻtkazilib ishtirokchilar o'z bilimlari, oʻquv jarayonida, ilmiy faoliyatida, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarida olib borayotgan faoliyatlari boʻyicha bahslashishdi.

  Tanlovda Samarqand davlat tibbiyot institutidan tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari boʻyicha fan doktori (DSc), dotsent Dilafroʻz Xolmurodova ishtirok etib “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

  12 - noyabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan gʻoliblarni taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov gʻoliblarni tantanali ravishda tabriklab, diplomlar va pul mukofoti sertifikatlarini topshirdi.

  “Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovi gʻolibi D.Q.Xolmurodovani bu yutuq bilan tabriklaymiz va yangi zafarlar tilab qolamiz.



SamDTI matbuot xizmati